19:35 / 16.05.2015
16169

Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan eng shubhali rekordlar

XABARDOR.UZ: Ginness rekordlar kitobi, ehtimol, o‘zining har bir sahifasi bilan kishini hayratga sola oladigan yagona nashr bo‘lsa kerak. Biroq unda xolis mutaxassislar tomonidan qayd qilingan 100 minglab ajoyib g‘alaba va rekordlar ichida shubhali va shunchaki beo‘xshov yutuqlar ham bor. Bunday yutuqlar “eng kuchli”, “eng uzun” va boshqa “eng-eng”lar ichida biroz g‘alatiroq ko‘rinadi. Misol uchun, yaqin kunlarda Xitoyda “dunyodagi eng ommaviy kosmetik jarayon” bo‘lib o‘tdi, unda mingga yaqin ayol ishtirok etdi. Quyida shunday rekordlardan misollar keltirilgan.

Tszinan shahridagi sport markazida minglab ayollar bir vaqtning o‘zida yuzni massaj qilish seansida ishtirok etishdi. Bu yutuq Ginness rekord kitobiga “dunyodagi eng ommaviy kosmetik jarayon” sifatida kiritildi.

Xitoyning Tszilin viloyati vakili Jin Songao eng uzoq vaqt qorda kiyimsiz o‘tirish bo‘yicha rekord o‘rnatdi: u qor uyumida 46 daqiqa 7 soniya kiyimsiz o‘tirdi. Bu vaqt ichida u bir idish pivo ichishga va tamaddi qilib olishga ulgurdi.

Nemis dizayneri Didi Senft 2014 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun yaratgan velosipedida ketmoqda. Senft o‘zi yaratgan bu qurilmasida 100 soatga yaqin harakatlanib yurgan. Velosiped rekordlar kitobiga dunyodagi eng katta velosiped sifatida kiritilgan.

2012 yilda xitoylik asalarichi Shi Pin odam tanasiga yopishib olgan eng ko‘p sondagi arilar rekordini yangiladi. Uning tanasida hammasi bo‘lib 331 mingga yaqin, umumiy og‘irligi 33,1 kg.ni tashkil qilgan ari to‘dasi yopishib olgan. Bu boradagi avvalgi rekord boshqa xitoylik tomonidan 2008 yilda o‘rnatilgan edi, unda jami arilarning og‘irligi 26,8 kg.ni tashkil qilgandi.

AQShlik Brayan Spots bir urinishda 439 ta tuxumni vertikal qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Nepallik Taneshvar Guragay basketbol to‘pini tishida tishlab turgan tish cho‘tkasida 22,41 soniya aylantirib turgan.

Yaponiyalik dizayner Kazujiro Vatanabe eng uzun “mogavk” soch turmagiga (hindular qabilasi nomidan olingan) ega. Uning turmagining balandligi 113 santimetrni tashkil qiladi.

Ginness rekordlar kitobiga kirish uchun o‘zining nomini Ginness Rishi deb o‘zartirgan hindistonlik Xar Parkash tanasidagi bayroq ko‘rinishidagi tatuirovkalari bilan nom chiqargan. Hammasi bo‘lib uning tanasida bunday bayroqlardan taxminan 200 ta bor, ajablanarlisi, ulardan 49 tasi yuzida joylashgan.

Tayvan aholisi ishtirokida yana bitta kosmetik rekord. Bu gal 1213 kishi 10 daqiqa davomida niqoblar taqqan holda qolishgan.

Jyek Tsonis va Lindsi Morrison 2009 yilda eng uzoq davom etgan qo‘l siqishuvi rekordini o‘rnatishgan. Ular bir kundan ko‘proq vaqt davomida bir-birlarining qo‘llarini siqqancha qolishgan. Biroq ularning bu rekordini ikki nepallik yangilashga muvaffaq bo‘ldi: ular 42 soatdan ko‘proq vaqt davomida qo‘llarini qo‘yib yuborishmagan.

Eng ommaviy suv ostidagi kechki ziyofat ovqati 2007 yilning 22 sentabrida Londondagi hovuzlardan birida bo‘lib o‘tgan.

Edd Chayn tomonidan boshqariladigan eng tez harakatlanuvchi unitaz 2011 yilda Londonda kuzatilgan. Bu santexnika qurilmasi soatiga 68 km tezlik bilan harakatlangan.

2014 yilda Katmanduda 2 mingga yaqin odam bir vaqtda daraxtlarni quchoqlab turgan. Bu natija ekspertlar tomonidan qayd qilingan va rekordlar kitobiga kiritilgan.

 

O‘tgan yilning sentabrida Kaliforniya shtatining Irvindagi universitetida tarixdagi eng katta “yostiqlar bilan jang” bo‘lib o‘tdi. Hammasi bo‘lib bu jangda 4200 ta yostiqdan foydalanilgan, ulardan aksariyat qismi yirtilib, yaroqsiz holga kelib qolgan. 

Top