11:23 / 16.05.2015
2260

"Real" Denis Cherishevni o‘zida olib qolmoqchi emas

“Real”ning hozirda “Vilyarreal”da to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachisi Denis Cherishev mavsum oxirida “madridliklar” tarkibiga qaytadi. “Real” dastlab, joriy mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatgan Cherishevni o‘z tarkibida olib qolishni rejalashtirgan edi. Biroq so‘nggi xabarlarga ko‘ra, klub rahbariyati 24 yoshli futbolchini sotmoqchi yoki undan boshqa o‘yinchini sotib olishda foydalanmoqchi ekanini ma'lum qildi.

“Vilyarreal” tarkibida 24 yoshli futbolchi 40ta uchrashuv o‘tkazib, ularda 7ta gol hamda 11ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 

Top