18:31 / 16.05.2015
3523

Stiven Jyerrard xayrlashuv uchrashuvi uchun maxsus butsa tayyorlatdi

16 may kuni "Liverpul" jamoasining tirik afsonasi hisoblanadigan Stiven Jyerrard "Enfild" o‘yingohida "Liverpul" futbolchisi sifatida oxirgi o‘yinini o‘tkazadi.

U o‘zining o‘ziga xos xayrlashuv uchrashuvi uchun maxsus butsa buyurtma qilgan. Futbolchi "Kristal Pelas"ga qarshi o‘tkaziladigan bu o‘yinda adidas kompaniyasi tomonidan tayyorlangan butsada o‘ynaydi.

Adidas kompaniyasi bu butsalarni qizil va oq ranglarda ishlab chiqqan. Butsaning ichki tomoniga "Sen afsona sifatida ketayapsan. Qahramon bo‘lib qayt. "Liverpul" hamisha sen bilan birga. Sen hech qachon yolg‘iz emassan" (You leave a legend, you`ll return a hero. The city of liverpool is always with you. you`ll never walk alone) yozuvlari tushirilgan.

Butsaning ostki qismiga esa Jyerrard "Liverpul" safida faoliyat o‘tkazgan yillar, uning raqami hamda YNWA (you`ll never walk alone) abbreviaturasi bitilgan.

Futbolchi bu butsa suratlarini o‘z instagramiga joylashtirgan.
"Men bugun shu butsalarni kiyib, maydonga tushaman. Bu kunni hech qachon yodimdan chiqarmayman. Hamisha men yolg‘iz emasligimni yodimda tutaman", deb yozadi Jyerrard.

Top