18:28 / 17.05.2015
3021

Arsen Venger: “Men ba'zida Fergyuson nima bilan shug‘ullanayotgan ekan, deb o‘ylanib qolaman”

Londonning “Arsenal” futbol klubi bosh murabbiyi faoliyatini tugatgandan keyin nimalar bilan shug‘ullanishi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men ba'zida Aleks Fergyuson nima bilan shug‘ullanayotgan ekan, deb o‘ylanib qolaman. Ta'kidlash joizki, u pensiyada juda baxtiyor ko‘rinmoqda.

Uning otlarga qiziqishi uning omadi ekan. Ertalab turib, o‘z otlarining mashq qilishini kuzatishi mumkin, bu unga aniq xush kelsa kerak.

Men esa pensiyada nima bilan shug‘ullanaman? Men ham otlarni yaxshi ko‘raman, biroq ot poygalariga bormayman. Men otda yurishni yaxshi ko‘rardim, chunki bir vaqtlar fermer bo‘lganman, biroq hozirda bu umurtqam uchun xavflidir.

Menimcha, faoliyatimni tugatgach, shunchaki ko‘p futbol ko‘rsam kerak”, deb aytdi fransuz mutaxassisi.

Top