22:27 / 17.05.2015
4256

"Barselona" 23-marotaba Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi

Ispaniya chempinatining 37-turida musobaqa peshqadami "Barselona" amaldagi chempion jamoa "Atletiko Madrid" maydoniga tashrif buyurdi. Bu uchrashuvda 1 ochko ham "Barselona"ni muddatdan oldin chempionlikni qo‘lga kiritishiga imkon berardi. 

Kurashlarga boy bo‘lgan uchrashuv mehmonlarning kichik g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golni Lionel Messi kiritdi. 

Bu g‘alaba "Barselona"ni 23 marotaba Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritishiga imkon yaratdi. 

O‘z navbatida musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan "Real" safarda "Espanol"ga qarshi o‘yin olib bordi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmagan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda darvozalar 5 marotaba ishg‘ol etildi. 

Umumiy hisob mehmonlar foydasiga 1:4. Mezbonlarning yagona goliga Stuani (74) mualliflik qilgan bo‘lsa, "madridliklar" tarkibidagi gollarni Ronaldu (59, 83, 90, hamda Marselo (79) o‘z hisobiga yozib qo‘yishdi. 

Top