14:55 / 17.05.2015
3977

Fransiya Harbiy-dengiz kuchlari ularga Rossiyaga mo‘ljallangan “Mistral”lar kerakmasligini aytdi

Fransiya Harbiy-dengiz kuchlari shtabi boshlig‘i, admiral Bernar Rojyel fransuz harbiy-dengiz kuchlariga Rossiya uchun qurilgan “Mistral” vertolyot tashuvchi kemalari kerakmasligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu haqda admiral Le Monde gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Agar harbiy-dengiz kuchlariga bu kemalar kerakmi deb so‘ralsa, javob qat'iyan “yo‘q” tarzida bo‘ladi”, – deb aytdi Rojyel.

Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva “Mistral” kemalari uchun sarflangan pullarning qaytarilishini talab qilayotganini ma'lum qilgandi. Lavrov Fransiyadan Rossiyaga kemalarning yetkazilishi bo‘yicha shartnoma atrofidagi vaziyat yuridik maqomdan moliyaviy maqomga o‘tganini ta'kidlab o‘tdi.

Top