11:24 / 17.05.2015
2593

Garet Beyl APLga qaytishni xohlamoqda

“Real Madrid” yarim himoyachisi Garet Beyl jamoani tark etish hamda Angliyaga qaytishni istamoqda. Bu haqda The Sunday Times xabar bermoqda.

Garet Beylning vakillari klub prezidenti Florentino Peresga o‘yinchini “madridliklar” 2013 yilda “Tottenxem”ga to‘lagan 85 mln yevrodan qimmatroq narxda sotish taklifini berishgan.

Futbolchiga asosiy da'vogar “Manchester Yunayted” bo‘lib turibdi. Bundan tashqari 25 yoshli futbolchini “Chelsi” hamda “Manchester Siti” ham Beylni o‘z tarkibida ko‘rishni istamoqda.

 

Top