Italiya chempionati 36-turining markaziy uchrashuvi Milanda bo‘lib o‘tdi.
Unda chempionlikni hal qilib bo‘lgan "Yuventus" jamoasi Yevrokuboklarga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun harakat qilayotgan "Inter"ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida hisobni mezbonlar hujumchisi Ikardi ochgan bo‘lsa, 42-daqiqa 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirgan Markizio oradaga farqni tenglashtirdi.
"Turinliklar"ga g‘alaba to‘pini uchrashuvning 83-daqiqasida Morata kiritdi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng "Yuventus" 83 ochko to‘plagan holda 1-o‘rinni, "Inter" esa 52 ochko bilan 8-pog‘onada bormoqda.