19:55 / 17.05.2015
5730

"Qasoskorlar: Altron erasi" filmi milliard dollardan ko‘proq foyda keltirgan filmlar qatoridan joy oldi

The Walt Disney Company kinokompaniyasining "Qasoskorlar: Altron erasi" filmi jahon kinematografiyasida namoyishlardan 1 mlrd dollar mablag‘ keltirgan 21-film bo‘ldi. Film bunday natijaga 16 mayda erishdi va buning uchun unga 24 kun talab etildi.

Milliard dollardan ko‘proq daromad keltirgan filmlar ro‘yxatiga 2,8 mlrd dollar keltirgan “Avatar” filmi yetakchilik qilmoqda. 2-o‘rinni 2,18 mlrd dollar keltirgan “Titanik” hamda 1,52 mlrd dollar keltirgan “Qasoskorlar” filmi egallamoqda.

2012 yilda namoyishga chiqarilgan qasoskorlarning sarguzashtlari haqidagi birinchi film 1 milliardlik chegaraga 19 kunda erishgan edi. Uning davomiga esa buning uchun 5 kun ko‘proq kerak bo‘ldi.

Top