17:15 / 17.05.2015
5359

Qirg‘izistonda mast holatda bo‘lgan militsionerlar otishma uyushtirishdi

Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev Ichki ishlar vazirligi rahbariyatini, shu jumladan vazir o‘rinbosarini mast holatda bo‘lgan yo‘l-patrul xizmati xodimlari o‘zaro otishma uyushtirishganlari uchun jazolashni talab qildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonning Chuy viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l-patrul xizmatining ikki nafar inspektori 15 maydan 16 mayga o‘tar kechasi navbatchilik paytida bahslashib qolishgan. Bahslashuv avj olib ketgandan keyin, inspektorlardan biri tabel qurolidan sherigini yaralagan. Yaralangan inspektor shifoxonaga yetkazilgan.

“Ushbu voqea ichki ishlar organlari tizimida shaxsiy tarkib bilan tegishli tarbiya ishlari olib borilmasligidan darak beradi, xizmatni o‘tash va tabel qurolidan foydalanishni nazorat qilish tizimini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqilishini talab qiladi”, deb aytdi bosh vazir hamda militsiya xodimlarining xizmat kiyimida va xizmatni o‘tash paytida mast holatda bo‘lishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta'kidlab o‘tdi.

Bosh vazir voqeani batafsil tergov qilishni va voqea ishtirokchilarini ichki ishlar safidan bo‘shatilishlarini hamda jinoiy javobgarlikka tortilishlarini talab qildi. Bosh vazirning fikricha, Chuy viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, yo‘l-patrul xizmati rahbariyati va ularni nazorat qiluvchi vazir o‘rinbosari ham javobgarlikka tortilishlari lozim.

Top