07:31 / 17.05.2015
1867

Qozog‘istonlik bokschi Golovkin Monro bilan jangda WBA va IBO kamarlarini o‘zida saqlab qoldi

WBA versiyasi bo‘yicha mutlaq chempion hamda o‘rta vazn toifasida IBO kamari egasi hisoblanadigan qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin Villi Monro-kichkina bilan jangda o‘z titullarini himoya qildi.

U o‘zining amerikalik raqibini bahsning oltinchi raundida nokautga uchratdi. Bu jang Kaliforniya shtatining Inglvud shahrida o‘tkazildi.
Qayd etish joizki, Golovkin Monroni ikkinchi raundning o‘zida ikki marta nokdaun holatiga tushirgan. AQSh vakili oltinchi raundda uchinchi marta ringga qulaganida, referi o‘ngacha sanab, uning jangni davom ettira olmasligini ma'lum qilgan.
Shu tariqa, o‘zining professional bokschilik faoliyatidagi 33-jangida ham g‘alaba qozongan (shundan 30tasi nokaut) qozog‘istonlik bokschi titullarini o‘zida saqlab qoldi. Monro esa o‘z faoliyatidagi 19-jangida ikkinchi mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.

Top