11:45 / 17.05.2015
3617

Rossiya qurol-yarog‘ savdosi to‘g‘risidagi xalqaro shartnomaga a'zo bo‘lmaydi

TASS axborot agentligining xabar berishicha, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining qurol-yarog‘larning tarqalmasligi va nazorati masalalari bo‘yicha departamenti direktori Mixail Ulyanov Rossiya qurol-yarog‘ savdosi to‘g‘risidagi xalqaro shartnomaga a'zo bo‘lmaydi.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Moskva mazkur kelishuvni "juda ham kuchsiz" deb hisoblaydi.
"Biz qo‘shilmaslikka qaror qildik. Barcha "yaxshi" va "yomon" jihatlarni chamalab ko‘rib, bu biz uchun muhim emas, degan qarorga keldik", ‑ dedi Ulyanov.
Shu bilan birga, u "mazkur shartnoma 20 yoki 30 yildan keyin qanday ko‘rinishga kelishi haqida hech kim oldindan ayta olmaydi" degan fikrni ham ta'kidlab o‘tdi.
Diplomatning qayd etishicha, mazkur shartnoma "boshqa aksariyat shartnomalar" kabi uning rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan bajarilishida ayrim nuqsonlarga duch keladi.
Bugungi kunda odatiy qurollanish uchun yagona standartlarni joriy etishga chaqiruvchi mazkur konvensiyani dunyoning 130 mamlakati imzolagan bo‘lsa, ularning 67 tasi ratifikatsiya qilgan.

Top