13:59 / 17.05.2015
2574

UYeFA “Dnepr”ga qarshi intizomiy ish ochdi

UYeFA Dnepropetrovskning “Dnepr” futbol jamoasi o‘yinchilari Yevropa Ligasi yarim finalining “Napoli”ga qarshi javob uchrashuvida qo‘pol o‘ynaganlari va muxlislarning nojoiz xatti-harakatlari uchun jamoaga qarshi intizomiy ish ochdi. Bu haqda UYeFA saytida ma'lum qilinmoqda.

Intizom qoidalariga ko‘ra, bir jamoa o‘yinchilariga o‘yin davomida 5 tadan ko‘p sariq kartochka ko‘rsatilsa, intizomiy ish ochiladi. “Dnepr” o‘yinchilari esa ushbu o‘yinda 6 ta sariq kartochka bilan “siylanishdi”.

UYeFA, shuningdek, o‘yindan keyin jamoa muxlislarining maydonga yugurib chiqib ketganlari, irqchilik kayfiyatidagi bannerlar ko‘rsatilgani, fayyerlar uloqtirish, tartibsizliklar hamda o‘yinni qabul qilayotgan tomonning tashkiliy ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘ymaganiga o‘z e'tiborini qaratdi.

Ushbu holat yuzasidan UYeFA intizom qo‘mitasi 21 mayda qaror qabul qiladi.

Top