Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 2015 yilgi Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lda kiritdi. Chempionatning 3-o‘rini uchun Pragada kechgan uchrashuvda AQShlik xokkeychilar mezbon jamoa Chexiya termasi ustidan 3:0 (2:0, 1:0, 0:0) hisobida g‘alaba qozondi.
Shaybalarni Nik Bonino (8-daq.), Trevor Lyuis (19-daq.) va Charli Koyl (40-daq.) kiritdi.