20:26 / 17.05.2015
3294

Janet Jyekson katta sahnaga qaytmoqda

Maykl Jyeksonning singlisi, qo‘shiqchi Janet Jyekson o‘zning ijodiy faoliyatini qayta boshlayotgani, yangi albom chiqarishi va jahon bo‘yicha gastrol uyushtirishini e'lon qildi.

Bu haqda u o‘zining 49 yillik tavallud ayomidagi kechada aytib o‘tdi.

“Men tayyor bo‘lganimda muhim yangilikni e'lon qilaman, deb va'da bergan edim. Hozir shu so‘zimning ustidan chiqaman. Joriy yilda men o‘z faoliyatimni qayta boshlayman va muxlislarga yangi musiqa, jahon turnesi tuhfa qilaman”, deb aytdi Janet Jyekson.

Janet Jyekson yangi albom qachon chiqishi va turne qachon boshlanishi haqida hech narsa demagan. Biroq musiqiy doiralarda qo‘shiqchi o‘z faoliyatini yozda boshlashi mumkinligi aytilmoqda.

Qo‘shiqchining oxirgi, 10-raqamli Discipline albomi 2008 yilda chiqqan edi.

Top