10:59 / 17.05.2015
1745

Jorj Xarrison gitarasi auksionda 490 ming dollarga sotildi

Associated Press agentligining ma'lum qilishicha, The Beatles guruhi a'zosi Jorj Xarrisonning gitarasi auksion savdolari chog‘ida qariyb yarim million dollarga sotildi. 1963 yilda ishlab chiqarilgan mazkur elektrogitara Mastersound firmasi tomonidan kimligi noma'lum bo‘lgan xaridorga 490 ming dollarga sotildi.
Auktsion uyida ma'lum qilinishicha, Xarrison Angliya va Normand orollarida bo‘lib o‘tgan bir qancha konsert dasturlarida ushbu gitaradan foydalangan.


Auktsion savdolari chog‘ida, shuningdek, Elvis Presli va Pristsilla Preslining nikoh guvohnomasi ham savdoga qo‘yildi. Uning yakuniy bahosi 40 ming dollardan ziyodroqni tashkil etdi. Preslining 1975 yilda Los-Anjyelosdagi chiqishida kiyib chiqqan kostyumi esa 122 ming dollarga sotilgan.

Top