10:35 / 18.05.2015
5114

“Traktorsozi” noto‘g‘ri axborot tufayli mamlakat chempionligini boy bergani ma'lum bo‘ldi

Eronning “Traktorsozi” noto‘g‘ri ma'lumot tufayli mamlakat chempionligini qo‘ldan boy berdi. Bu haqda Eron telekanallariga tayangan holda Milli.az portali xabar berdi.
So‘nggi turda turnir jadvalini boshqarib kelayotgan “Traktorsozi” Tehronning “Neft” jamoasi bilan o‘yin o‘tkazdi. Ayni zamonda bo‘lib o‘tayotgan “Saypa” va “Sepahon” jamoalari o‘rtasidagi bahsning yakuni chempionlik taqdiriga bevosita ta'sir o‘tkazar edi.
O‘yinning oxirgi daqiqalarida “Traktorsozi” murabbiylariga va futbolchilariga “Sepahon”ning durang o‘ynagani va chempionlik ularga nasib etgani haqida xabar yetkazildi. Buning natijasida futbolchilar o‘zini chempion deb hisoblab, hisobni o‘zgartirishga harakat qilmadi va o‘yin 3:3 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi o‘yinda esa aslida “Sepahon” “Saypa” ustidan 2:0 hisobi bilan g‘alaba qozongan edi. Shu tariqa “Sepahon” chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Top