13:49 / 18.05.2015
2740

Emomali Rahmon Jahon banki ijrochi direktorlarini qabul qildi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Jahon banki guruhi ijrochi direktorlarini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Uchrashuv chog‘ida bank tomonidan Tojikistondagi ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlarning qo‘llab-quvvatlanishi va respublika iqtisodiyotiga tashqi salbiy ta'sirlarni kamaytirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tilishicha, Jahon banki Tojikiston bilan turli sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ayni paytda respublika miqyosida umumiy qiymati 323 mln dollarni tashkil qiladigan jami 21 loyiha shu bank tomonidan moliyalashtirilmoqda.

Top