06:26 / 18.05.2015
3021

Lui van Gal darvozabon De Xeaning kelajagi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Lui van Gal Angliya Premer-ligasining 34-turi doirasida o‘tkazilgan “Arsenal” (1:1) bilan o‘yindan keyin jamoa darvozaboni David De Xeaning kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“U bizdan osonlikcha ketmaydi. “MYu” – katta jamoa va De Xea bu jamoaning bir qismi bo‘lishni istaydi. Biroq David – ispan va u “Real” kabi buyuk jamoaga ketishi mumkin. Davidga yakuniy qaror qabul qilish qiyin bo‘ladi. Ikki buyuk jamoadan birini tanlash qiyin masaladir.

Biroq De Xea qoladi, deb kafolat berolmayman. Transfer – bu o‘yinchi, uning jamoasi va boshqa klub ishtirok etadigan jarayondir. Agar u safimizda qolsa, juda xursand bo‘lardik.

Jarohat haqida aytadigan bo‘lsak, Davidning tizzaosti payida jarohati bor”, deb aytib o‘tdi van Gal.

Eslatib o‘tamiz, Madridning “Real” klubi 24 yoshli darvozabonni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Top