12:38 / 18.05.2015
1903

O‘zbekiston terma jamoasi raqiblarining o‘rtoqlik uchrashuvilari sanalari o‘zgardi

O‘zbekiston terma jamoasining Jahon Chempionati-2018 saralash bosqichidagi raqiblari – KXDR hamda Baxrayn terma jamoalarining Tailandga qarshi o‘yinlari sanasi o‘zgartirildi deb xabar berdi O‘zbekiston futbol federatsiyasi.

Shimoliy Koreya terma jamoasi Tailandga qarshi 20 may kuni nazorat uchrashuvi o‘tkazadi.

Undan tashqari, avval xabar berganimizdek, KXDR 2 – 9 avgust kunlari Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi. Bu musobaqada Shimoliy Koreyadan tashqari Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya terma jamoalari ham qatnashadi.

Shuningdek, Baxray terma jamoasi ham Tailand bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish borasida kelishuvga erishgan. Bu uchrashuvi 9 iyun kuni Bangkokda bo‘lib o‘tadi. 28 avgustda esa Baxrayn Doxada Qatarga qarshi maydonga tushadi.

Top