13:20 / 18.05.2015
1770

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi

15 may kuni O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiya va savdo vazirligida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining elchilari boshlig‘i Yuriy Shterkni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Uchrashuv davomida ikkala tomonning o‘zaro manfaatli savdo iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy, texnologik va transport-kommunikatsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1994 yilning noyabr oyida o‘rnatilgandi. «Ekonomicheskoye obozreniye» jurnalining yozishicha, sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi mavjud bitim 1996 yining iyunida imzolangan.

Top