14:06 / 18.05.2015
6875

O‘zbekistonda garovga va ipotekaga qo‘yilishi mumkin bo‘lmagan obektlar ro‘yxati e'lon qilindi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan O‘zbekistonda garovga va ipotekaga qo‘yilishi mumkin bo‘lmagan obektlar ro‘yxati tuzib chiqildi.
Ro‘yxatdan O‘zbekiston hududidagi yerlar va yer osti resurslari, Milliy arxiv fondining tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari, muhofaza qilinuvchi tabiiy hududlar, pul birliklari, qimmatbaho qog‘ozlar, orden va medallar ishlab chiqarilishini ta'minlovchi davlat korxonalari va obektlari, qurolli kuchlarga tegishli korxonalar, obektlar va harbiy-texnik mulk, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, radioaktiv moddalar qazib olish va qayta ishlashni ta'minlovchi obektlar va korxonalar va boshqa turdagi obektlar o‘rin olgan.
To‘liq ro‘yxat bilan qaror matnida tanishib chiqish mumkin.

Top