19:43 / 18.05.2015
10875

Rashitjon Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsion sudi sudyasi etib tayinlandi

16 may kuni O‘zbekiston Senati majlisining ikkinchi yalpi majlisi vaqtida sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirovni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsion sudi sudyasi etib tayinlash haqida qaror qilindi.

Ushbu qaror e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kirgan.

Ma'lumot uchun,  O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radigan sud hokimiyati organi hisoblanadi.

Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlisning Senati tomonidan sud Raisi, Rais o‘rinbosari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan saylanadigan sudyani qo‘shgan holda Konstitutsiyaviy sudning besh a'zosidan iborat tarkibda saylanadi.

Konstitutsiyaviy sudning har bir sudyasi yakka tartibda saylanadi. Oliy Majlis Senati a'zolari deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan shaxs saylangan hisoblanadi.

Konstitutsiyaviy sud tarkibidan kamida to‘rt kishi saylangan taqdirda sud o‘z faoliyatini boshlashga haqlidir.

Sudya Konstitutsiyaviy sud tarkibidan chiqib ketgan taqdirda Oliy Majlisning Senati ushbu moddada belgilangan tartibda boshqa shaxsni saylaydi.

Top