05:54 / 18.05.2015
2478

Rossiyalik xokkeychilar jahon chempionatining ramziy terma jamoasi safiga kira olishmadi

Chexiyada bo‘lib o‘tgan xokkey bo‘yicha jahon chempionati yakunida turnir davomida o‘zini ko‘rsatgan xokkeychilar saralab, ramziy terma jamoa tuzildi. Bu jamoa safiga turnirda kumush medallar bilan taqdirlangan Rossiya terma jamoasidan bironta ham vakil kira olmagan.
Olti sportchidan iborat ramziy terma jamoa safida 3 nafar kanadalik hamda bir nafardan AQSh, Shvetsiya va Chexiya vakillari o‘rin olishgan.
Xokkey bo‘yicha 2015 yilgi jahon chempionatining ramziy terma jamoasi
Darvozabon: Konnor Xellebayk (AQSh)
Himoyachilar: Oliver Ekman-Larsson (Shvetsiya), Brent Berns (Kanada)
Hujumchilar: Yagomir Yagr (Chexiya), Jyeyson Spettstsa (Kanada), Teylor Xoll (Kanada).

Top