09:18 / 18.05.2015
2069

Samarqandlik grossmeyster shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘ldi

Shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi.
13 tur davom etgan musobaqada 2 nafar ishtirokchi 8tadan ochko to‘plab, birinchi natijani qayd qildi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha samarqandlik xalqaro grossmeyster Marat Jumayev qashqadaryolik FIDe ustasi Akmal Fayzullayevdan ustun kelib, shaxmat bo‘yicha 2015 yilgi O‘zbekiston chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Uchinchi o‘rin toshkentlik 13 yoshli Shamsiddin Vohidovga nasib qildi. U Nikita Xoroshev va Aleksey Barsov bilan teng miqdorda 7 ochko to‘plagan edi, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ulardan o‘tib ketdi.

Top