06:49 / 18.05.2015
7004

Ukrainalik askarlar 1968 yildagi go‘sht bilan boqilayotgani ma'lum bo‘ldi

Harbiy xizmatga chaqirilgan dnepropetrovsklik bloger va jurnalist Vyacheslav Poyezdnik Ukrainaning Goncharovsk aholi punktida joylashgan 1815-sonli harbiy qismida ukrainalik harbiy xizmatchilarning qanday tarzda ovqatlantirilishlarini namoyish qildi.

Qismning oshxonasiga yetkaziladigan go‘sht iflos poddonlarga (taglik) qo‘yilib, boshqa anjomlar bilan bu to‘shlarni bo‘lishning iloji bo‘lmagani sababli benzinda ishlovchi arra bilan bo‘linishi ma'lum bo‘ldi.

Bu lavhalarni videoga olgan askar avvaliga oshxona xodimlari ustidan kulib, “Bu go‘shtlarni ishqilib yuvib keyin bizga beringlar. Nima uchun oshxonada doimo shifokor turishini endi tushundim. Bu agar kimningdir qorni og‘rib qolsa, unga zudlik bilan yordam berish uchun ekan-da”, deb aytgan.

Biroq bloger mol to‘shlarida ular ishlab chiqarilgan sana urilgan shtamplarni ko‘rib, kapalagi uchib ketdi: go‘shtlarda ular 1968 yilda tayyorlangani yozilgan edi. Bu go‘shtlar 40 yildan ko‘proq vaqt muzlagan holda saqlangan va endi ukrainalik jangchilarning yeguliklariga ishlatilmoqda.

Top