10:49 / 18.05.2015
1419

Xabarovskda o‘tgan xotira turnirida o‘zbekistonlik bokschilar 4ta medalga ega bo‘lishdi

Rossiyaning Xabarovsk shahrida bo‘lib o‘tgan Konstantin Korotkov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro xotira turnirida o‘zbekistonlik sportchilar jami to‘rtta medalga ega chiqishdi. Bu haqda Xabarovsk boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Terma jamoamiz sharafini -91 kg. Vazn toifasida himoya qilgan Mirzobek Hasanov finalda qozog‘istonlik raqibini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Mirazizbek Mirzaxalilov (-56 kg.) va Abrorjon Qodirov (-52 kg.) kumush medallarini qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yana bir medal – bronzani -49 kg. Vaznda ringga chiqqan Nodirjon Mirzahmedov keltirdi.

Medallar saviyasiga ko‘ra belgilanadigan reytingda O‘zbekiston boks terma jamoasi umumjamoa hisobida, Rossiya, Mo‘g‘uliston va Armaniston terma jamoalaridan keyin 4-o‘rinni egallashdi.

Top