05:39 / 18.05.2015
2644

Jozep Bartomeu “Barselona”ning chempionligiga jamoaning barcha a'zosi hissa qo‘shganini bildirdi

“Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu o‘z jamoasining Ispaniya chempioni unvonini qo‘lga kiritgani xususida ba'zi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz juda ham xursandmiz. O‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizdan biriga erishdik. Mavsum juda uzoq davom etadi, har qanday vaziyat yuz berishi mumkin, biroq biz hamjihat ekanligimizni, ushbu unvonga loyiq ekanligimizni isbotladik.

Messi juda ko‘p gol urdi, biroq butun jamoa yorqin o‘ynadi. Leo doimo dunyoning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘lgan. Xorxe Valdano aytganidek, dunyoning ikkinchi eng yaxshi o‘yinchisi – bu jarohat olgan Messidir.

Bu g‘alabani keyingi shanba kuni “Deportivo” bilan uchrashuvdan keyin nishonlaymiz.

Luis Enrike ajoyib mavsum o‘tkazdi va natija o‘zini kuttirib qo‘ymadi. Hayot davom etadi. Yangi jamoalar, yangi o‘zgarishlar kelmoqda. Jamoamiz juda yaxshi formada hamda g‘alabalarni qo‘lga kiritish uchun o‘chdir”, deb aytdi Bartomeu.

Top