13:03 / 19.05.2015
1623

“Olmaliq” futzalchilari O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritishdi

Toshkent viloyatining “Olmaliq” jamoasi futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi. Mamlakat XIX milliy chempionatning final bosqichining to‘rtinchi kungi bahsida olmaliqlik futzalchilar O‘zbekiston Kubogi-2015 sohibi Toshkentning “Ardus” klubini 5:0 hisobida mag‘lub etishdi.
Final bosqichidagi o‘yinlar bir jamoaning 3ta g‘alabasiga qadar davom etishi kerak edi. “Olmaliq” umumiy hisobda 3:1 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa, Aleksandr Petrov shogirdlari O‘zbekiston chempioniga aylanishdi.

“ARDUS” – “OLMALIQ” 0:5

Gollar: M.Fayzullayev 5, A.Shlema 13, J.Sharipov 15, S.Kuralov 18, X.Umaraliyev 32

“Ardus”: Nikolay Kravchenko, Murodxo‘ja Azamatov, Artur Yunusov, Eldor Hoshimov, A'zam Saidahmatov, Davron Abdurahmonov, Davron Choriyev, Alan Aminov, Timur Sadirov, Zarif Begulov, Farhod Abdumavlonov, Mirjavohir Mirhamidov, Sarvar Rahmatjonov.

“Olmaliq”: Rustam Umarov, Klim Tyugayev, Leonid Gridnev, Sirojiddin Mahmudov, Maqsud Fayzullayev, Jamoliddin Sharipov, Konstantin Sviridov, Andrey Shlema, Xurshid Umaraliyev, Javlon Anorov, Jasur Sodiqov, Islom Komoljonov, Ilhombek Anvarov, Rustam Tog‘ayev.

Ogohlantirishlar: N.Kravchenko 11

Top