15:27 / 19.05.2015
6155

Alina Kabayeva jamoatchilik oldiga chiqdi

Sobiq gimnastika ustasi, Rossiya Davlat Dumasining sobiq deputati Alina Kabayeva yaqinda jamoatchilik oldida chiqish qildi. ReN TV telekanalining xabar qilishicha, u “Alina” 7-badiiy gimnastika festivalini o‘tkazgan. Festivalda 400dan ortiq sportchi ishtirok etgan.

Navbatdagi festival Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan. Tadbirda, gimnastikachilardan tashqari, aktyor Sergey Bezrukov, qo‘shiqchi Tamara Gvardtsiteli, deputat va xonanda Iosif Kobzonlar ishtirok etdi. Shuningdek, aktyor Valentin Gaft urushdan qaytmagan askarlarning maktublarini o‘qib berdi.

Eslatib o‘tamiz, Alina Kabayeva uzoq vaqtdan buyon jamoatchilik oldiga chiqmay qo‘ygan edi. Uning dunyoga chiqishi har safar ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan aloqalari to‘g‘risidagi mishmishlar Kabayevaning ko‘p muddatga g‘oyib bo‘lishiga jamoatchilik nazdida yanada ko‘proq sirlilik bag‘ishlaydi.

Top