03:08 / 19.05.2015
2000

Amerikalik milliarder Apple ning aksiyalari 240 dollargacha o‘sishini taxmin qilmoqda

Forbes ning eng boy odamlar ro‘yxatida 25-o‘rinni egallayotgan amerikalik investor Karl Aykan Apple korporatsiyasining aksiyalari yil oxiriga kelib 240 dollargacha ko‘tarilib, 86 foizlik o‘sishni namoyon qilishi mumkinligini prognoz qilmoqda. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.

Hozirda Apple aksiyalari NASDAQ da 130,27 dollar narxda sotilmoqda.

Top