16:51 / 19.05.2015
2239

Karlo Anchelotti "Milan" bosh murabbiyligiga bosh da'vogar bo‘lib turibdi

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Milan”ni murabbiyi lavozimiga asosiy da'vogarlardan biri bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.

Shuningdek, “Milan” bosh murabbiyligiga da'vogarlar qatorida Unai Emeri (“Sevilya”) hamda Antonio Konte (Italiya terma jamoasi) nomzodlari ham bor.

Italiya chempionatining 36-turidan so‘ng “Milan” 46 ochko to‘plab, 10-o‘rinda bormoqda. Karlo Anchelottining esa “Real”da o‘tkazgan omadsiz mavsum sababli o‘z lavozimidan ozod etilishi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritilmadi. Italiyalik mutaxassisning “madridliklar” bilan shartnomasi 2016 yilgacha belgilangan.

 

Top