06:22 / 19.05.2015
1947

Pirlo o‘z faoliyatini keyingi mavsumdan Qatarda davom ettirishi mumkin

Calciomercato.com portalining ta'kidlashicha, “Yuventus” yarimhimoyachisi Andrea Pirlo yozgi transferlar vaqtida klubni tark etadi.

Ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining “Yuventus” bilan shartnomasi 2016 yilgacha tuzilgan bo‘lsada, u shu yozdayoq Qatarga ko‘chib o‘tadi.

Qatarning “Al-Jaysh” va “Al-Sadd” klublari bugun, 19 mayda 36 yoshga to‘ladigan italiyalik futbolchiga rad etish qiyin bo‘lgan shartnoma taklif qilishga tayyor.

Pirlo “Yuventus” safida 2011 yildan beri to‘p surib keladi hamda yiliga 3,8 mln yevro maosh oladi.

Top