03:00 / 19.05.2015
2223

Poroshenko “Ukraina isyonchi armiyasi”ni Ukraina mustaqilligi uchun kurashchilar deb tan olinishi haqida qonun imzoladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko OUN-UPA (Ukraina millatchi tashkiloti-Ukraina isyonchi armiyasi) tashkilotini Ukraina mustaqilligi uchun kurashchilar deb tan olinishi haqida qonun imzoladi. Bu haqda Ukraina Oliy radasi saytida ma'lum qilindi.

“Ukraina isyonchi armiyasi (UPA) 1942 yilda Ukraina millatchi tashkiloti (OUN)ning jangovor qanoti sifatida shakllantirilgan. Bu tashkilot o‘zining maqsadi sifatida Ukrainaning mustaqilligi uchun kurashishni e'lon qilgan edi. UPA asosan G‘arbiy Ukrainada harakat qilgan va gitlerchilar bilan hamkorlikda sovet qo‘shinlariga qarshi jang qilgan. Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin tashkilot sovet ittifoqiga qarshi ekstremistik yo‘llar bilan kurashishni davom ettirgan, UPA jangchilarining qurbonlari ziyolilar va mahalliy hokimiyat vakillari, komsomol va partiya faollari bo‘lganlar”, deyilmoqda xabarda.

9 aprelda Rada UPAni Ukraina mustaqilligi uchun kurashchilar deb tan olinishi haqidagi qarorni qabul qilgan.

2014 yilda Rossiya Oliy sudi UPAni ekstremistik tashkilot deb tan olgan hamda uning faoliyatini taqiqlab qo‘ygan.

Top