03:15 / 19.05.2015
3027

Poroshenko Axmetovdan “Ukrtelekom”ni olib qo‘ymasligi ma'lum qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ukrainalik tadbirkor Rinat Axmetovga tegishli “Ukrtelekom” kompaniyasini qayta xususiylashtirmasligini ma'lum qildi.

Poroshenko bunday bayonot bilan “Yevrooptimistlar” guruhi deputatlari bilan uchrashuvi paytida chiqdi.

“Avval “Ukrtelekom” katta pul turgan, hozir esa hech qancha turmaydi, chunki texnologiyalar ancha ilgarilab ketgan”, deb ta'kidlab o‘tdi Poroshenko.

Ma'lumot uchun, Rinat Axmetov Ukrainaning eng boy odami hisoblanadi. U 6,7 mlrd dollarlik boylik bilan Forbes 2015 yilda tuzgan Ukrainaning eng boy odamlari ro‘yxatida 1-o‘rinni egallamoqda hamda jahonda 201-o‘rinni egallamoqda.

Top