03:26 / 19.05.2015
5369

Ramzon Qodirov ma'muriyati boshlig‘i ko‘pxotinlikni qonuniylashtirishni yoqlab chiqmoqda

Checheniston rahbari ma'muriyatining boshlig‘i Magomed Daudov “Gazeta.Ru”ga bergan intervyusida ko‘pxotinlikni qonuniylashtirishni yoqlab chiqdi.

“Men hozir deputat emasman, biroq ko‘pxotinlik qonuniylashtirilsa yaxshi bo‘lardi. Biroq hammasi shariat bo‘yicha bo‘lishi kerak: agar erkak yana bitta xotinlik bo‘lishni xohlasa, nima uchun bu mumkin emas? Axir bu ko‘p joyda tarqalgan holdir va demak, buni qandaydir tartibga solish kerak”, deb aytdi Daudov.

Bundan tashqari, Daudov 17 yosh qizga uylanib, shov-shuvlarga sababchi bo‘lgan Nojay-Yurt tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Najud Guchigov uning eski qadrdoni ekanligini aytgan.

Avvalroq Rossiya Davlat Dumasida ko‘pxotinlik uchun javobgarlikni kiritish masalasini ko‘rib chiqish rejalashtirilayotgani ma'lum qilingandi.

“Gazeta.Ru” mutolaachilari orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, respondentlardan yarmidan ko‘pi (56 foizi) Rossiyada ko‘pxotinlikni qonuniylashtirishga qarshi chiqqanlar.

Top