14:36 / 19.05.2015
1951

Bryusselda «O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi» Hamkorligi kengashining 12-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2015 yilning 18 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorligi kengashining 12-yig‘ilishida ishtirok etdi.

YeI delegatsiyasiga Yevropa Ittifoqida raislik qilayotgan Latviya tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs boshchilik qildi.
Yig‘ilishda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamda “Markaziy Osiyo – YeI” shaklidagi ikki tomonlama aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar, jumladan Afg‘onistondagi holat yuzasidan fikr almashildi.
Yig‘ilishda ta'kidlanganidek, bo‘lib o‘tgan ochiq va konstruktiv muloqot muhokama qilingan qator masalalar bo‘yicha o‘zaro tushunishga va hamkorlikni yanada rivojlantirishning yo‘nalishlarini belgilab olishga zamin yaratdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari va BMTning Jinoyatchilik va odil sudlov masalalari bo‘yicha mintaqalararo ilmiy-tadqiqot instituti (UNICRI) direktori Jonatan Lukas o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida Toshkent shahrida kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallar bo‘yicha Markaziy Osiyo uchun ilg‘or tajribalar markazi Mintaqaviy sekretariatini ta'sis qilish va faoliyatini yurgizish to‘g‘risida Memorandum imzolandi. YeI ushbu loyihaning tashabbuskori hisoblanadi va uni moliyalashtiradi.

Top