18:55 / 19.05.2015
4306

Toshkentdagi maktablardan birida o‘quvchilarning ota-onalaridan asossiz ravishda pul yig‘ilayotganidan shikoyat tushdi

“Jamoatchilik nazorati” guruhi ishtirokchilaridan biridan guruhga Yakkasaroy tumanidagi 91-maktabda o‘quvchilarning ota-onalaridan asossiz ravishda pul yig‘ilayotgani haqida shikoyat kelib tushdi.

Ayolning aytishicha, maktabda ta'lim muassasasi “ehtiyojlari”ga pul yig‘ish holatlari ko‘payib ketdi. Ayol o‘zining gaplarining isboti sifatida maktab o‘quvchilar va ularning ota-onalaridan nima maqsadlarda pul yig‘ilayotgani ko‘rsatilgan ro‘yxatni keltirib o‘tdi:

1. Maktabni ta'mirlash uchun har bir o‘quvchidan 35 ming so‘mdan (o‘rtacha har bir sinfda 35-40 ta o‘quvchi bor).

2. 1-sinfning bitiruv imtihoniga har bir o‘quvchidan 25 ming so‘mdan.

3. Bundan tashqari, har oyda maktab fondi uchun har bir boladan 15 ming so‘mdan.

4. 1-sinf o‘quvchilari bitiruv oqshomiga har bir boladan 40 ming so‘mdan pul yig‘ilmoqda

Yuqorida keltirilgan barcha pullar 1-sinf o‘quvchilaridan talab qilinayotgani aytilmoqda.

UZ24 axborot portali tahririyati Xalq ta'limi vazirligiga ushbu holatni tekshirish va unga izoh berishni so‘rab maktub jo‘natgan.

Top