14:50 / 19.05.2015
3585

Yaponiyalik fermer 250 grammlik qulupnay yetishtirdi

Yaponiyaning Fukuoka hududidan bo‘lgan fermer dunyoda eng og‘ir qulupnayni yetishtirib, Ginnesning Rekordlar kitobiga kirdi.

Koji Nakao hosilni yig‘ib olish chog‘ida kutilmaganda qulupnayning ulkan mevasiga ko‘zi tushib qolgan. Bu qulupnayning uzunligi 8 sm, eni 12 sm, aylanasi esa 25—30 santimetrni tashkil etgan. Uning og‘irligi 250 gramm.

Mevaning o‘lchamlari aniqlangach, Nakao darhol Ginnesning Rekordlar kitobi qo‘mitasi bilan bog‘landi. Rekord qayd etilgach, fermerning qizi qulupnayni yeb ko‘rib, uning juda mazali ekanligini aytgan.

Shu tariqa bu qulupnay 30 yildan oshiq vaqt davomida saqlanib turgan rekordni yangiladi — bungacha 1983 yilda Buyuk Britaniyada o‘stirilgan 231 grammlik meva eng og‘ir qulupnay bo‘lgandi.

Top