16:54 / 20.05.2015
2074

Abdulaziz Komilov Belgiya Qirolligi tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

2015 yilning 19 may kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Belgiya Qirolligi bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar va Yevropa ishlari vaziri Didie Reynders bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni va O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi shaklidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Atroflicha fikr almashish O‘zbekiston-Belgiya muloqotini yanada chuqurlashtirish hamda unga serqirra tus berishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligini tasdiqladi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni, avvalo ikki davlatning ishbilarmonlar birlashmalari hamda yirik va kichik biznes vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini ta'kidladilar.
Uchrashuvda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tomonlar pozitsiyalarining yaqinligi va mutanosibligi qayd etildi.

Top