07:15 / 20.05.2015
1973

AQSh kongressmenlari o‘z maoshlarini oshirishga qarshi ovoz berishdi

AQSh Kongressi 2016 moliyaviy yilda o‘z maoshlarining oshishiga qarshi ovoz berdilar. Bu haqda TASS agentligi ma'lum qildi.
Qonun loyihasi ilovasida tushuntirilishicha, 2016 moliyaviy yilda AQSh hokimiyatining qonunchilik tarmog‘iga 3.3 mlrd dollar ajratiladi. Hujjat maosh oshirilishini istisno qiladi.
Qonun loyihasini 357 kongressmen ma'qulladi, 67 kishi qarshi ovoz berdi.
Kongress a'zolari maoshlar oshishiga yettinchi marta qarshi chiqishlari. Ularning yillik maoshlari eski darajada – 174 ming dollar miqdorida qoladi.

Top