20:06 / 20.05.2015
7796

«EVOS» "fastfud"lar tarmog‘i buyurtmalar qabul qilishning yangicha tizimi yo‘lga qo‘ydi

Fast Food yeguliklari sotishga ixtisoslashgan «EVOS» "fastfud"lar tarmog‘ida yangicha buyurtmalar qabul qilish tizimini ishga tushirildi. Bu haqda Feysbukdagi «Potrebitel.uz» guruhi foydalanuvchilari xabar bermoqda. 

«EVOS» lavashxonasini oldida mashinamni qo‘yish uchun to‘xtaganimda, fast-fud xizmatchisi mashinadan tushmasdan turib buyurtma berishimni taklif qildi.

«U yerda joylashgan tablo orqali maxsus tugma bosiladi. Shunda operator sizga javob beradi: Nima xohlaysiz? Buyurtmangizni aytasiz va buyurtma bo‘yicha o‘z chekingizni olasiz. 10 metrcha yurib, kutib turdim (taxminan 4 daqiqa). Keyin buyurtmani oldim va o‘sha yerni o‘zida pulini to‘lab ortga qaytdim» deya izoh qoldirgan guruh foydalanuvchilaridan biri.

«Kimga qanaqa lekin bu holat menga yoqdi. Bu ish bilan alohida xodimlar shug‘ullanmoqda», deya rasm orqali o‘z fikrini tugatgan foydalanuvchi.

Hozirda bu faqatgina Muqimiy ko‘chada joylashgan "EVOS" bo‘limida mavjud. 

Top