19:39 / 20.05.2015
2743

Farg‘ona shahrida «Otalar choyxonasi» foydalanishga topshirildi

Farg‘ona shahrining Ahmad Farg‘oniy nomidagi istirohat bog‘ida «Otalar choyxonasi» foydalanishga topshirildi.

Farg‘ona viloyatida «Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarish yo‘nalishda salmoqli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Farg‘ona shahrida butunlay qayta rekonstruksiya qilinib, ish boshlagan «Otalar choyxonasi» ana shu ishlarning uzviy davomidir.

«Shahrimizda bunyod etilgan ushbu choyxona bizga juda katta tuhfa bo‘ldi. Keksalikning gashtini surib, bir piyola choy ustida gurung qilish, shaxmat-shashka o‘ynash yoki televizor ko‘rib, fikr almashishga nima yetsin. Shunday sharoit yaratib berayotganlar omon bo‘lsin», – deydi mehnat faxriysi Omonjon Hoshimov.

O‘zAning qo‘shimcha qilishicha, Farg‘ona viloyatning barcha tuman va shaharlarida, mahallalarda ana shunday «Otalar choyxonasi» bunyod etilmoqda.

Top