04:56 / 20.05.2015
2435

«Krasnodar» Yevrokubok musobaqalariga 2016 yilning yozigacha sotib olingan o‘yinchilarni jalb qila olmaydi

Kubanning “Krasnodar” futbol klubi prezidenti Sergey Galitskiy moliyaviy feyr-pleyga amal qilingani sababli klubga UYeFA tomonidan cheklovlar kiritilgani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“UYeFA Rossiya va umuman Sharqiy Yevropa davlatlari futbol jamoalariga og‘ir vazifa qo‘ymoqda. Tashkilot, mohiyatan, bizning futbolga Yevropa sahnasida raqobatbardosh bo‘lishga xalaqit qilmoqda.

Ikki tranfser davrida biz sotib olgan futbolchilarni Yevrokuboklarda ishtirok etish uchun jalb qilish huquqidan mahrum qilindik. Tarkibga biz faqat erkin agent sifatida kelgan yoki bepul ijaraga olingan o‘yinchilarni qo‘sha olamiz va umuman, moliyaviy feyr-pleyga to‘g‘ri kelish uchun qimmatbaho xaridlarni amalga oshira olmaymiz.

Biz oyoq-qo‘llarimizdan bog‘lab qo‘yilganmiz, muxlislarimiz yozda tarkibning qandaydir ekstra kuchaytirilishini kutishmasa ham bo‘ladi. Biroq 2-3 nafar o‘yinchini jamoaga albatta taklif qilamiz”, deb aytdi “Krasnodar” prezidenti.

Top