16:29 / 20.05.2015
2986

MTRK bir qator sport turlarini translyatsiya qilish bo‘yicha Shvetsiya mediakompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida Shvetsiyaning «IEC in Sport» mediakompaniyasining direktori T. Engdal va maslahatchi X. Shyorgen boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MTRK matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Uchrashuv davomida taraflar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Shvetsiyaning «IEC in Sport» mediakompaniyasi o‘rtasidagi mamlakatdagi turli hil sport turlari bo‘yicha musobaqalarning translyatsiyalari shuningdek, O‘zbekistonda tashkil etilayotgan yirik xalqaro musobaqalarni yoritishdagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari masalalarini muhokama qildilar.

Janob T. Engdal O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati, badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon chempionati va «Happy Caravan» musobaqasi, 2013-2014 yillarda Toshkentda tashkillashtirilgan tennis bo‘yicha «Tashkent Open» xalqaro turniri kabi yirik xalqaro sport musobaqalarini yoritish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikdagi ishlar ko‘lamini baholab o‘tdi.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, «IEC in Sport» kompaniyasi Fransiyaning yirik «Lagarder» mediagruppasining bo‘limi hisoblanib, ko‘plab yirik sport musobaqalar bo‘yicha hususan, olimpiya o‘yinlari turkumiga kiruvchi gimnastika, badiiy gimnastika, suzish, voleybol, yengil atletika, dzyudo, og‘ir atletika va boshqa sport turlarining teletranslyatsiya huquqlariga ega hisoblanadi.

Top