16:49 / 20.05.2015
6915

Neft eksportiga qo‘yilgan taqiq AQShga Rossiya va Eronga qarshi turishga xalaqit bermoqda

Neft eksportiga qo‘yilgan taqiq AQSh milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda, shu bois rasmiy Vashington Rossiya va Eronga qarshi turishga ko‘maklashadigan vositadan o‘zi bilgan holda voz kechmoqda deb hisoblashga asos bor. The Wall Street Journal gazetasida Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq rahbari Leon Panetta va AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Stiven Xedlining shu masalaga bag‘ishlangan maqolasi chop etildi.

Ularning fikriga qaraganda, AQSh bugungi kunda to‘qnash kelgan bir qator tahdidlar milliy qat'iyatni hamda Yevropa va Osiyodagi ittifoqchilarning aralashuvini talab qiladi. Xususan, Eronning mintaqaviy yetakchiga aylanish sari qadamlari, Rossiyaning Ukrainaga nisbatan xatti-harakatlari, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi voqelar shular jumlasidandir.

Bu qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun, mualliflarning fikricha, energiya resurslariga bo‘lgan yo‘llarni ochishdir. Neft eksportiga qo‘yilgan cheklovlar esa iqtisodiyotga salbiy ta'sir o‘tkazmoqda. Bu o‘z navbatida yuqorida tilga olingan tahdidlarga qarshi kurashishni murakkablashtirmoqda.

“AQSh demokratiyaning buyuk yarog‘xonasi bo‘lib qolmoqda. U endi energetikaning buyuk yarog‘xonasiga aylanishi darkor”, – xulosa qiladi sobiq amaldorlar.

Top