14:59 / 20.05.2015
2571

Qozog‘istonda mashina bolalar maydonchasiga kelib urilishi natijasida bitta bola halok bo‘ldi

Olma-Otaning Tovgul-1 mitti tumanidagi 58-sonli bolalar bog‘chasida sodir bo‘lgan mudhish avtohalokat bog‘cha yoshidagi bolani hayotdan olib ketdi.

365info.kz nashrining ma'lum qilishicha, ulkan yo‘ltanlamasni haydab ketayotgan ayol boshqaruvni qo‘ldan chiqarib, bolalar maydonchasidagi ayvonchaga kelib urilgan. Buning natijasida 1 nafar bola halok bo‘lgan, yana 8 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Jarohatlanganlarning 3 nafari og‘ir ahvoldaligi aytilmoqda. Halokat chog‘ida ayvonchada 26 nafar bolakay o‘ynab o‘tirgan edi.

Voqea joyida bo‘lgan ayrim guvohlarning so‘zlariga qaraganda, mashinani boshqarib ketayotgan ayol gaz va tormoz pedallarini adashtirib yuborgan.

Ayni paytda voqea joyiga tegishli organlar vakillari yetib kelib, dastlabki surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan.

Top