08:02 / 20.05.2015
3781

Rossiya migratsiya xizmati muhojirlarni ayrim imtihonlardan ozod qilish taklifi bilan chiqdi

Rossiya Federal migratsiya xizmati rus tili davlat maqomiga ega davlatlardan keladigan muhojirlarni til, tarix va Rossiya qonunchiligi asoslari bo‘yicha imtihonlardan ozod qilish tashabbusi bilan chiqdi. Bu boradagi qonun loyihasi huquqiy-normativ aktlarni tayyorlash portalida joylashtirildi.
Qonun ijodkorlarining tushuntirishicha, ilgari rus tili davlat maqomiga ega davlatlardan kelgan muhojirlar rus tilini, Rossiya tarixi va qonunchiligini bilishi imtihon topshirish yo‘li bilan isbotlashi shart emas edi, ammo 2015 yilning 1 yanvaridan ular bu huquqdan mahrum qilindi. Bu holat ularning Rossiya hududida yashash va ishlash uchun hujjat olish yo‘lida qo‘shimcha qiyinchilik va to‘siqlarga uchrashiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois ularni bu qiyinchiliklardan ozod qilish taklifi bildirildi.
Bundan tashqari, qonun loyihasi turli mamlakatlardan tashrif buyurgan muhojirlar uchun ko‘rsatilgan sohalar bo‘yicha turli bilim darajalarini talab sifatida o‘rnatishni taklif qiladi.

Top