18:18 / 20.05.2015
9649

Saudiya Arabistoni AQShga neft eksport qilishni 6 yil ichida eng past darajaga tushirdi

Saudiya Arabistonidan AQShga neft eksporti oxirgi 6 yil ichidagi minimal ko‘rsaktkichlarga tushib ketdi. The Financial Times nashrining yozishicha, bunga ma'lum darajada Kanadadan neft eksportining kuchayishi va “slanets inqilobi” sabab bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, Saudiya Arabistoni osiyolik mijozlarga, birinchi navbatda, Xitoyga ko‘proq e'tibor qaratmoqchi.
Oxirgi 12 oy davomida AQSh Saudiyadan kuniga o‘rtacha 1 mln barrel neft sotib olgan bo‘lib, bu 2009 yildan buyon qayd qilingan eng past ko‘rsatkichdir. 2013 yilda esa AQSh Saudiyadan kuniga 1.5 mln barrel neft xarid qilgan.
Kolumbiya universiteti qoshidagi Xalqaro energetika siyosati markazi direktori va muassisi Jyeyson Bordoffning fikricha, Saudiyaning bu harakatlari bundan buyon asosiy eksport bozori Suvaysh kanalidan sharqda joylashishini ko‘rsatadi.

Ayni paytda Kanada AQShga kuniga 3 mln barrel neft yetkazib bermoqda. 2011 yildan buyon Kanada eksporti 1 mln barrelga o‘sdi.

Top