19:05 / 20.05.2015
3982

Turkiya “Turk oqimi” gaz quvuri qurilishida ishtirok etmaydigan bo‘ldi

Turkiya “Turk oqimi” gaz quvuri qurilishida ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Energetika va tabiiy zaxiralar vaziri Taner Yildiz TRT Haber turk telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Yildizning aytishicha, qurilish yakunlariga ko‘ra Rossiya va Turkiya gaz quvuri quruqlikka chiqadigan Edirne viloyatida gaz saqlash uchun qo‘shma kompaniya tashkil etishadi.

Yildiz Turkiya o‘zining geografik joylashuvining barcha imkoniyatlaridan unumli foydalanishga harakat qilmoqdaligini aytdi, shuning uchun Turkiya hukumati bir vaqtda ikkita energetik loyiha: “Turk oqimi” va Transanatoliya gaz quvuri (TANAP)ga o‘z e'tiborini qaratmoqchi. TANAP gaz quvuriga keyinroq Turkmaniston ham qo‘shilishi mumkin bo‘ladi. Vazirning aytishicha, bu loyihalar bir-biriga raqobat hosil qilmaydi.

Top